Yangi qoʻshma korxonaga chet el investitsiyasi kiritiladi

17:09 17 May 2019 Jamiyat
451 0

“Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” aksiyadorlik jamiyati va Xitoyning “Shijiazhuang Zhongxing Machinery Manufacture Co Ltd” yetakchi disk ishlab chiqaruvchi kompaniyasi oʻrtasida yangi qoʻshma korxona tashkil qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

“Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar mazkur loyihaga oid masalalarni muhokama qildi.

Yangi qoʻshma korxonaning nizom jamgʻarmasi 3,4 million AQSH dollarni tashkil etadi. Shundan 1,5 million AQSH dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyasi kiritilishi belgilangan.

Korxonada yiliga 100 ming dona gʻildirak disk ishlab chiqariladi. Bu yerda 100 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratiladi.

Ushbu korxona 2020 yilning birinchi chorak yakunida toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?