Yangi “Orzu layneri” birinchi xalqaro reysni muvaffaqiyatli amalga oshirdi

16:03 22 May 2018 Iqtisodiyot
466 0

Joriy yilning 20 may kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yangi “Boeing-787 Dreamliner”da Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi parvozni amalga oshirdi.
Toshkentdan “Orzu layneri”da 244 nafar yo‘lovchi bilan parvoz qilib, qaytishda 259ta yo‘lovchini bosh kentimizga olib keldi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK 2016 yil sentyabr oyidan “Boeing-787 Dreamliner” samolyotining tijoriy ekspluatasiyasini boshlagan. Bugungi kunda ushbu rusumdagi ikkita laynerda Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur, Singapur va Nyu-Yorkka qatnovlar amalga oshirilmoqda.

Yaqin kunlarda Milliy aviakompaniya uchinchi “Boeing-787 Dreamliner” bilan ham uzoq masofalarga transatlantik qatnovlarni bajarishni rejalashtirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?