Yangi namunadagi shahodatnoma va attestat tasdiqlandi

16:11 16 May 2019 Jamiyat
815 0

Hukumatimiz tomonidan 9 va 11-sinf bitiruvchilariga beriladigan shahodatnoma va attestatlarning hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari bitiruvchilariga beriladigan sertifikatning yangi namunasi tasdiqlandi.

Yangi namunadagi shahodatnoma va attestat hamda sertifikat 11 yillik majburiy umumiy oʻrta taʼlim tizimiga oʻtilishi munosabati bilan tasdiqlandi.

Umumiy oʻrta taʼlim tizimida ilk marotaba nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga ham davlat namunasidagi shahodatnoma va attestatlarni berish nazarda tutildi.

Maktab bitiruvchilariga shahodatnoma va attestat berishda elektron tizim joriy etiladi. Eng muhimi, ushbu hujjatlar orqa qismida QR-kod joylashtiriladi va uni skaner qilish orqali bitiruvchi haqida umumiy bazadan maʼlumot olish imkoniyati yaratiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?