Yangi mehmonxona ishga tushirildi. Unda kutubxona ham bor

19:02 06 Aprel 2019 Iqtisodiyot
487 0

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Kuni kecha Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yangi mehmonxona oʻz faoliyatini boshladi. Milliylik va zamonaviylik uygʻunligi mujassam ushbu joylashtirish vositasi barcha zamonaviy qulaylikka ega.

Shu bilan birga, boshqa mehmonxonalardan farqli ravishda ham nonushta, ham tushlikni taklif etadi. Bu hali hammasi emas. Sauna va choʻmilish havzasi ham mehmonlar xizmatiga shay holatda.

Tadbirkorning 100 million soʻm miqdoridagi mablagʻi evaziga bunyod etilgan mehmonxona bir vaqtning oʻzida 20 nafar sayyohga xizmat koʻrsatiladi.

Kelgusida ushbu joylashtirish vositasini yanada kengaytirish koʻzda tutilgan. Shuningdek, yangi mehmonxonada jahon hamda oʻzbek adabiyotining sara namunalari jamlangan kutubxona xizmati ham yoʻlga qoʻyilgan.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur joylashtirish vositasi joriy yil davomida Toshkent viloyatida yangitdan faoliyat boshlagan beshinchi mehmonxona hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?