Yangi lavozimga oʻtgan Akmal Burxanovning deputatlik vakolati muddatidan oldin tugatildi

18:16 24 Iyul 2020 Siyosat
369 0

U bu haqda Telegramm kanalida maʼlum qilgan:

"Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan mening Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatidagi vakolatim Agentlikka direktor etib tayinlanganim munosabati bilan muddatidan avval tugatildi.

Shuningdek, Agentlikdagi ish faoliyatimga taʼsir etmasligi uchun, xususan, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi aʼzoligini ham tark etishga qaror qildim.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida 6 yillik faoliyatim men uchun katta maktab boʻldi. Bu yangi qonun loyihalarini ishlab chiqishdan tortib, saylov okrugimda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashgacha boʻlgan gʻoyat qiziq va masʼuliyatli burch!

Oʻylaymanki, shu yillar davomida davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida orttirilgan tajriba kelgusida qoʻl keladi. Yurtimiz rivojiga ozmi-koʻpmi hissa qoʻshishga harakat qilishda davom etamiz.

Shunga qaramay, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, siyosiy partiyalar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?