Yangi korxona nimasi bilan afzal?

09:15 12 Mart 2020 Jamiyat
440 0

Andijon viloyatida yangi korxonalar barpo etilishi kundalik faoliyat turiga aylanib qolgan. Biroq, navbatdagi korxonaning ish boshlashi turdosh korxonalardan muhim jihati bilan farq qiladi. Hamma gap shundaki, Paxtaobod tumanida ish boshlagan “DINAR TEXTILE”“ MCHJda ishlab chiqariladigan kiyim-kechak mahsulotlariga hozirdanoq Qirgʻiziston, Ukraina va Rossiya davlatlarida xaridorlar mavjud. Bu eng avvalo, viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar oʻzining sifatliligi bilan qoʻshni davlatlar bozorida ishonch qozonganidan dalolat.

-Oʻz faoliyatini boshlagan ushbu korxona tumandagi yagona ishlab chiqarish korxonasi emas-deydi Uygʻurobod MFYda istiqomat qiluvchi Mohichehra Sultonova. –Biroq, “DINAR TEXTILE”da tayyorlanadigan mahsulotlarga hozirdan xaridorlarning mavjudligi ishchilarning oʻz vaqtida oylik maosh bilan taʼminlanishlariga sabab boʻladi. Shu jihatlarni hisobga olgan holda korxonaga ishga kirish uchun murojaat qildim.

Korxonada ayni paytda 350 nafar ishchilar muqim ish joyiga ega boʻldilar. Navbatdagi loyihalar amalga oshirilgach, ularning soni yana ortadi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?