Yangi koʻkrak nishoni taʼsis etildi

16:21 13 Dekabr 2018 Jamiyat
500 0

Hukumat qarori bilan “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimiz aholisining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, muhandislik kommunikatsiyalarini oʻz vaqtida sifatli qurish va taʼmirlash, ularning atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarida yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.

Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?