Yangi xizmatga chaqirilgan askarlar qachon qasamyod qabul qiladi?(foto)

11:02 10 Iyul 2020 Jamiyat
535 0

Markaziy harbiy harbiy okrug qoʻshinlarida xizmatni burchini boshlagan muddatli harbiy xizmatchilar uchun “Forish” va «Sazagan» dala oʻquv maydonlarida jangovar texnika va qurol-yarogʻlar koʻrgazmasi oʻtkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

Odatda bu kabi koʻrgazmali mashgʻulotlar yangi chaqirilgan askarlar bilan Oʻzbekiston armiyasida Vatanga Qasamyod tantanasidan bir kun oldin oʻtkaziladi.

Karantin qoidalariga rioya etilgan holda tashkil etilgan koʻrgazmali va amaliy mashgʻulotlar oldidan okrug qoʻshinlaridagi mavjud zamonaviy texnikalar haqidagi maʼlumotlar va oʻziga xos xususiyatlari tanishtirildi.

Shundan soʻng, muddatli harbiy xizmatchilarga otish tayyorgarligining nazariy va amaliy jihatlari yana bir bor tushuntirildi. Poligonda ilk bor askarlar shtatdagi AK-74 qurollaridan yotgan holda 100 metr uzoqlikdagi nishonga qarata oʻq otishdi.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning 12-iyul kuni Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga yangi chaqirilgan askarlar uchun “Vatanga Qasamyod” tadbirlari oʻtkaziladi. Karantin sabab, ularning yaqinlari mazkur tadbirda ishtirok eta olishmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?