Yangi yildan Chevrolet Malibu ishlab chiqarishdan toʻxtatiladi

10:12 06 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
276 0

GM Uzbekistan modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyasiga muvofiq Chevrolet Malibu avtomobillarining hozirgi avlodi ishlab chiqarishdan toʻxtatilganini maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyasiga muvofiq Chevrolet Malibu avtomobillarining hozirgi avlodi ishlab chiqarishdan toʻxtatiladi.

Ushbu modeldagi avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar tuzish 2018 yilning 31 dekabriga qadar davom etadi.

GM Uzbekistan dilerlik korxonalari bilan birgalikda xaridorlar oldidagi majburiyatlari bajarilishini toʻliq taʼminlaydi hamda avval shartnoma tuzgan xaridorlarga avtomobil toʻliq hajmda yetkazib beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?