Yangi “iPhone”ning jiddiy kamchiligi maʼlum qilindi

21:46 22 Oktyabr 2020 Dunyo
314 0

AQSHning “Apple” korporatsiyasining yangi mahsuloti — “iPhone 12 Pro” smartfonining jiddiy kamchiligi maʼlum qilindi. Bu haqda “Verge” nashri mutaxassisi yozmoqda.

Uning qayd etishicha, “iPhone 12 Pro”ning quvvati bilan muammo mavjud boʻlib, ayniqsa, 5G tarmogʻiga ulanganda juda tez tugaydi.

Bundan tashqari, 2,5 soat davomida ekrani yoqilgan holda telefondan foydalanilganidan soʻng uning quvvati atigi 18 foiz qolgan.

“Engadget” portali mutaxassislari ham yangi smartfon tezda quvvatsizlanadi, degan xulosaga kelishgan.

Ularning fikriga koʻra, bu “iPhone 11” ishlatganlarni ranjitishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?