Yangi asalarichilik majmuasi yaratilayapti

14:37 01 May 2018 Iqtisodiyot
810 0
Foto: best-techs.org

Ayni paytda Toshkent viloyatining Qibray tumanida yangi asalarchilik majmuasi bunyod etilayapti. Bu yerda asal beruvchi o‘simliklar qatorida, asalari parvarishlash ham yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, tarmoq uchun zarur uskunalar ishlab chiqarish sexlari faoloiyati yo‘lga qo‘yiladi. 

Ilm-fan va ishlab chiqarish uyg‘unligi ta’minlash maqsadida joriy yildan Toshkent davlat agrar universitetida ochiladigan maxsus kafedra, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot markazi ham mazkur majmuaga joylashtiriladi. 

“O‘zbekiston Asalarichilari” uyushmasi raisi Sherali Suyarqulovning aytishicha, yaqinda uyushma BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, mazkur tashkilot tomonidan 2018—2021 yillarda ushbu majmuani rivojlantirish uchun 400 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi. 

Said RAHMONOV.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?