Yangi alifboda qanday oʻzgarishlar boʻlishi maʼlum qilindi

11:23 02 Noyabr 2018 Jamiyat
2575 0

Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bir qator oʻzgarishlar kiritiladi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan Ishchi guruhi, shuningdek turli mutaxassislar, jamoatchilik fikri inobatga olinib hozir lotin yozuvidagi toʻrtta harf oʻzgaradigan boʻldi. Bular:

  • Oʻ unli harfi qoʻshimcha belgilarsiz Ŏŏ koʻrinishida,  harfi Ğğ koʻrinishida yoziladigan boʻldi. Harflar birikmasi orqali tuzilgan Ch va Sh harflari mos ravishda Çç va Şş harflariga almashtiriladi.
  • Shuningdek, ng tovushi ham alifboda saqlanib qoladigan boʻldi.
  • Kirill alifbosidagi S harfini S koʻrinishida yangi alifboga kiritish, shuningdek J harfining ikkita koʻrinishida berish kabi takliflar qabul qilinmadi. Natijada yangi alifboga Ss harfi kiritilmadi va Jj harfi bitta boʻlib qoladigan boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 15 mayda “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish boʻyicha Harakatlar rejasi” tasdiqlangan va reja boʻyicha yil oxiriga qadar aniq taklif berilishi lozim edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?