Yandex oʻzbekistonliklar uchun Klaviaturani ishga tushirdi

14:14 15 Avgust 2019 Jamiyat
128 0

Yandex Oʻzbekistonda smartfonlar uchun virtual klaviaturani ishga tushirdi. Unda muloqot qilish uchun zarur boʻlgan, hamma narsa bor: matnni kiritishda yordamlar, giflar, emodzi, stikerlar, matnni ovozli kiritish va tarjimon. Yozishmani oʻzbek, rus, ingliz va yana 12 tilda olib borish mumkin.

Klaviatura foydalanuvchiga kerak boʻlishi mumkin boʻlgan, keyingi soʻzni topib, matnni tez kiritishga yordam beradi. Agarda “Xayrli” soʻzini tersangiz, u “kun” va “tun” soʻzlarini taklif etadi. Va qancha koʻp odam ushbu Klaviatura bilan ishlasa, shunchalik yordamlar aniq boʻladi. U xatolarni tuzatadi, shuningdek, tartibni osongina oʻzgartiradi - probel belgisi boʻyicha barmoq bilan oʻtishning oʻzi kifoya. Oʻzbek tilida ham lotin, ham kiril alifbosida yozish mumkin.

Matnni hattoki yurib ketayotganingizda, kerakli harflarga tegish qiyin boʻlgan payt ham kiritish qulay. Klaviaturada doimiy matn kiritish bor: shunchaki barmoq bilan bir harfdan ikkinchi harfga yuritish va yordamlarda soʻzlarni tanlash mumkin. Klaviaturaning chap qismi ustida yoqiladigan, virtual joystik esa kursorni matn boʻyicha osongina siljitadi.

Emodzi, gif va stikerlar his-tuygʻu va fikrlarni soʻzsiz yetkazishga yordam beradi. Ilovada hayotning turli hodisalariga toʻgʻri keladigan - ham yurakcha, ham maʼqullab boshini egadigan gnomlar bilan gif variantlari mavjud. Agarda bu yetarli boʻlmasa, rasmlarni internetda qidirishingiz mumkin - Klaviaturada Yandex qidiruvi oʻrnatilgan. Boshqa tilda soʻzlashadigan odamlar bilan muloqot qilish uchun, tarjimon kerak boʻladi: u 60 ta tilni biladi va replikalarni darhol tarjima qiladi.

Yandex.Klaviatura smartfonlar uchun Android bazasida mavjud, uni Google Playʻda yuklab olish mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?