“Яндекс” ​yangiliklar agregatori UZ domenida ham ishga tushirildi

14:41 10 Avgust 2018 Jamiyat
253 0
Illyustratsiya / “Xalq so‘zi”

Rossiyaning “Яндекс” kompaniyasi yangiliklar agregatori – “Яндекс Новости” ​UZ domenida ham ishga tushirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, “Яндекс Новости” ​yangiliklarga avtomatik ishlov berish va tizimlashtirish xizmati hisoblanadi. Mazkur servis 2000 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Yangiliklar real vaqt rejimida tayyorlanadi. Ma’lumotlar hamkorlardan kelib tushadi va ular avtomatik ravishda syujetlar bo‘yicha guruhlashtiriladi. Shu asosda kunning axborot manzarasi shakllantiriladi.

Ushbu servis mualliflarining aytishicha, uning ishlash algoritmiga inson omili umuman ta’sir o‘tkazmaydi. Bu esa turli nuqtai-nazarlardagi syujetlarni shakllantirish imkonini beradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?