Yana oʻsha valyutafurushlar muammosi

14:35 10 Yanvar 2019 Jamiyat
770 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Romitan tumani boʻlimi, Buxoro viloyat IIB va DXX Buxoro viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari hamkorligida fuqaro G.Xning arizasi yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi. Unda fuqarolar D.A, Sh.A va A.Klar oldindan oʻzaro jinoiy til biriktirib, 2019 yil 3 yanvar kuni fuqaro G.X.ga 10000 AQSH dollarini har bir AQSH dollarini 8440 soʻmdan hisoblab jami 84.400.000. soʻmga sotayotgan vaqtda voqea joyida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Buxoro viloyat Romitan tuman boʻlimi tomonidan fuqarolar D.A, Sh.A va A.K.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi “b”va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?