Yana ikkita oltin! 3ta vaznda 3ta oltin

18:01 28 Avgust 2018 Sport
239 0

Indoneziyada davom etayotgan kurash boʻyicha bahslarning dastlabki kunida uch vaznda gʻoliblar aniqlandi. Unda uchala oltin medal ham Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga yozildi.

+90 kg vazn toifasida Muhsin Nizomiddinov eronlik raqibini kichik ustunlik (bitta tanbeh) evaziga yengib ikkinchi oltin medalni mamlakatimiz hisobiga yozib qoʻygan boʻlsa, -52 kg vazn toifasida qizlar oʻrtasida Gulnor Sulaymonova hindistonlik raqibini sof gʻalaba (10:0) hisobida magʻlub etgan holda, uchinchi oltinni ham Oʻzbekiston hisobiga keltirdi.

Shunday qilib dastlabki kungi kurash musobaqalarida Oʻzbekiston terma jamoasi 3ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medallariga ega chiqdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasining jami qoʻlga kiritgan medallari soni 37taga yetdi. 9ta oltin, 15ta kumush, 13ta bronza medallariga ega boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 9-oʻringa koʻtarilib oldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?