Yana bir vazirlik bir kunlik ish haqlari “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga oʻtkazdi

09:02 07 Aprel 2020 Jamiyat
369 0

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi keng koʻlamda kurash davom etayotgan ayni kunlarda oʻz taqdirini shu muqaddas Vatan taqdiri bilan chambarchas bogʻliq deb bilgan, ertangi kunimiz uchun daxldorlik hissi bilan yashayotgan barcha yurtdoshlarimiz imkon darajasida xavfni bartaraf etish, osoyishta kunlarimizni qaytarish uchun oʻz hissalarini qoʻshishga intilmoqda.

Xalqimiz azaldan muruvvatli, bagʻri keng va saxovatpesha. Ayniqsa, yurt boshiga sinov kelgan bugungidek kunlarda qadriyat darajasiga aylangan oʻzbekona milliy oʻziga xosligimiz yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida tashkil etilgan “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga kelib tushayotgan mablagʻlar xalqimizning ana shunday hamjihat va savob ishlarni qilishga chanqoqligini koʻrsatadi.

Vatan tinchligi, yurt osoyishtaligi va xalq farovonligi yoʻlida matonat bilan xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilar ham bu ezgu ishdan chetda qolganlari yoʻq.

Mudofaa vazirligi tizimida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilar ixtiyoriy ravishda bir kunlik ish haqlarini mazkur fondga begʻaraz oʻtkazib berishdi.

Aziz yurtdoshlar! Siz uyda qoling, biz siz uchun xizmatdamiz!

Bu sharafli kasb egalarining vatandoshlarimizga qarata aytilgan daʼvatidir.

Siz bu daʼvatga quloq tuting va tez kunda yurtimizdan koronavirus pandemiyasini toʻliq bartaraf etaylik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?