Yana bir nufuzli sport musobaqasi 2021-yilga qoldirildi

23:04 09 Sentyabr 2020 Sport
155 0

Qozon shahrida MDH mamlakatlarining birinchi sport oʻyinlari musobaqasi oktyabr oyida oʻtkazilishi kerak edi.

Musobaqalar koronavirus pandemiyasi sabab 2021-yilga koʻchirildi. Bu haqda Tatariston sport vaziri Vladimir Leonov bayonot berdi.

Dastavval bu oʻyinlar 20-27-avgustda oʻtkazilishi rejalashtirilgan, biroq koronavirus sabab sentyabr, keyin oktyabr oyiga koʻchirilgan edi. Endi 2021-yilning yozida oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, MDH mamlakatlarining birinchi sport oʻyinlarida 14-23 yoshli atletlar 22 sport turi boʻyicha 280 medal uchun bellashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?