Yana bir hokim oʻrinbosari pora olayotganda ushlandi

17:39 11 Oktyabr 2018 Jamiyat
478 0
Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari pora bilan qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manbada qayd etilishicha, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda viloyat DXX boshqarmasi xodimlari hamkorlikda fuqaro M.A.ning arizasiga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Qumqoʻrgʻon tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari F.A. “Ayub Baraka servis” MCHJ rahbari M.A.dan Qumqoʻrgʻon tuman markazidan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun 0,08 ga. yer maydonini noturarjoy sifatida berilishini vaʼda qilib, 5000 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻz.R.JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?