Yana bir agentlik direktoriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

13:39 11 Iyul 2020 Jamiyat
336 0

Hukumat qarori bilan Shuxrat Munavvarovich Kadirov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va unga agentlik direktori vazifasini bajarish yuklatildi.

Eslatib oʻtamiz, Agentlik Prezidentning Farmoni bilan tashkil etilgan boʻlib, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish Agentligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?