Yakkasaroyda fuqaroning 74 ming dollarini qoʻlga kiritgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

12:27 23 Oktyabr 2020 Jamiyat
444 0

Yakkasaroy tumanida fuqaroning 74 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.Ya. fuqaro S.E.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “E-ijro” elektron auksion savdolaridan har-xil rusumdagi avtomashinalarni xarid qilib berish evaziga, 74 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.Ya.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi
4-qismi 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?