Yaxshi taklif. Ham suv tejaladi, ham qo‘shimcha ish o‘rni yaratish mumkin

18:37 15 May 2018 Jamiyat
935 0
Foto: allegrinihoreca.com

Meningfikrim” jamoaviy murojaatlar portalida turli takliflar kelib tushmoqda. Ulardan ayrimlari haqiqatdan dolzarbligi bilan ahamiyatlidir. 
Umumiy kir yuvish xizmatlari korxonalarini tashkil etish taklifini ham shundaylar sirasiga kiritish mumkin. 

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda ichimlik suvi muammosi borgan sari dolzarblashib bormoqda. Suvni qayta ishlash va tozalash xarajatlari haqida ham shunday fikrlarni bildirish mumkin. Buning ustiga mamlakatimizda ichimlik suvi yetib bormagan aholi punktlari mavjud. Ana shunday joylarda muammolarni yengillashtirish va ichimlik suvi sarfini tejash maqsadida bir necha mahallalar uchun pulli xizmat ko‘rsatuvchi Umumiy kir yuvish xizmatlari korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda. 

O‘ylab ko‘rilsa haqiqatdan foydali taklif. Izohlaymiz. Birinchidan, kir yuvish uchun ichimlik suvidan ko‘ra arzonroq va yuvishga ko‘proq mos keluvchi suvni ajratish ekologiya va iqtisodiyotga foyda keltiradi. 
Ikkinchidan, kirxonaning o‘zida suvni qayta tozalash nisbatan arzonroqqa tushadi. Va nihoyat, uchinchidan, bu qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyati hamdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?