Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining 100 000-foydalanuvchisi mukofotlandi

15:54 28 Avgust 2018 Jamiyat
257 0

Aholi oʻrtasida xizmatlardan onlayn tarzda foydalanishni ommalashtirish va ragʻbatlantirish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan elektron xizmatlarining 100 000-foydalanuvchisini mukofotlash vaʼdasi bilan tanlov eʼlon qilingan edi. Bu haqda Agentlik oʻzining Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qildi.

AKT vazirligi bergan maʼlumotga koʻra, u — qizi Zamira Abdupattoyevani bolalar bogʻchasiga joylashtirish uchun murojaat qilgan Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida yashovchi Ergashev Sohibjon Abdupattoyevich boʻlib chiqdi va zamonaviy planshet bilan mukofotlandi.

Mamalakatimizda internetdan foydalanish bir xil emasligiga qaramasdan, olis aholi punktida istiqomat qiluvchi fuqaroning mazkur tanlovda gʻolib boʻlishi, fuqarolar elektron xizmatlardan foydalanishi oson, qulay va tejamliligini anglaganliklaridan dalolat. Hatto uzoq hududlar fuqarolari ham bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini tushunishi, elektron xizmatlardan foydalanishga qaratilgan targʻibot ishlari sezilarli natijalarni berayotganini anglatadi.

Shunday ekan, innovatsiya va axborot texnologiya davrida davlat xizmatlarini elektron shaklda olish, uni koʻrsatish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi hamda qulayligi bilan farqlanadi. Mazkur sohaning yanada rivojlanishi fuqarolarning davlatga boʻlgan ishonchini oshirishga, aholining koʻrsatilgan xizmatlardan roziligini taʼminlashga xizmat qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?