Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida pensiya va nafaqa oluvchilar uchun interaktiv xizmatlar ishga tushirildi

18:12 28 Avgust 2018 Jamiyat
133 0

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish” va “Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish” xizmatlari yoʻlga qoʻyildi. Bu haqida Norma.uz xabar berdi.

“Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish” xizmati yordamida tegishli hujjat olish uchun buyurtmanoma rasmiylashtiriladi.

“Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish” xizmatidan foydalanib, tegishli nafaqa olish uchun ariza berish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, bola tugʻilganda bir yoʻla beriladigan nafaqa EKIHning ikki baravari miqdorida toʻlanadi. Ish haqiga tuman koeffitsiyentlari belgilangan joylarda nafaqa miqdori ushbu koeffitsiyentni hisobga olgan holda belgilanadi. Ishlamaydigan va taʼlim olmaydigan ota-onalarga nafaqa byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan, boshqalarga — ish yoki oʻqish joyida tayinlanadi va toʻlanadi.

Ikkala xizmat bepul asosda koʻrsatiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?