“Xalq soʻzi” gazetasining 4-sentyabr sonida nimalar eʼlon qilindi?

18:52 04 Sentyabr 2020 Jamiyat
386 0

1. Soʻnggi yillarda sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga oʻz huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlффashtirish, umuman odil sudlovga erishishni oshirish hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash imkonini berdi.

Ana shunday ishlarning davomi sifatida sud hokimiyati organlari faoliyati raqamlashtirish choralari koʻrilishi qanday amalga oshiriladi, uning ahamiyati qanday boʻladi?

Bu savollarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini oʻqib, bilib olishingiz mumkin.

2. Katta avlod vakillarining aytishicha, ilgari baliq narxi mol goʻshtinikidan besh barobar arzon boʻlgan! Bugun-chi? Bozorda baliqning bahosi qancha? Supermarketlarda-chi? Baliqning ayrim turlari mol va qoʻy goʻshti narxiga yetib olgani ayni haqiqat. Davlat statistika qoʻmitasining hisobotida keltirilishicha, 2020-yilning oʻtgan sakkiz oyi davomida goʻsht, shu jumladan, parranda goʻshti va va baliq narxi 10 foiz qimmatlashgan.

Xoʻsh, baliq mahsulotlari aholi ogʻrinmasdan xarid qiladigan narxga qachon tushadi?

Bu savolga jurnalist Said Rahmonning “Klaster tufayli baliqchilik agrar usuldan sanoat usuliga oʻtmoqda” sarlavhali maqolasi orqali javob olasiz.

3. Yaqinda Andijon viloyatidagi Xonobod adirliklarida oʻndan ortiq qadimiy shifobaxsh buloqlar koʻzi ochilganidan xabaringiz bormi? Necha asrlar tuproq tagida “berkinib” yotgan, miloddan avvalgi uch minginchi yildan milodiy oʻn ikkinchi asrgacha uzluksiz faoliyat koʻrsatgan koʻhna maʼdan koni haqida-chi? Bu manzildagi topilmalar dunyodagi eng qimmatbaho madaniy meroslar qatoridan oʻrin olishi uchun YUNESKO xalqaro tashkilotiga zarur meʼyoriy hujjatlar tayyorlanayotganidan-chi?

Bular toʻgʻrisida hali eshitmagan boʻlsangiz, Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi eksperti, Innovatsion loyihalar ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Shohida Sultonovaning “Xonobod adirliklari bagʻrida yashiringan sirlar ochilyapti” sarlavhali maqolasini oʻqib, Xonobod adirliklari bilan bogʻliq qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishishing.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?