“Wine Explorersnning” kompaniyasi asoschisi oʻzbek choponi hamda milliy taomlariga yuqori baho berdi

11:01 29 May 2019 Welcome to uzbekistan
382 0

Dunyoning barcha sharob ishlab chiqaruvchi davlatlarida boʻlgan Jan-Baptist Anselot mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Mehmon tashrifi davomida yurtimiz vinochilik tarixi va istiqbolli loyihalari bilan tanishdi. Jan-Baptist Anselot dunyoning 75 ta mamlakatida boʻlib, 431 ta sharob ishlab chiqaruvchi zavod faoliyatini oʻrgangan hamda 4500 dan ortiq vino turlarini tatib koʻrgan.

U Oʻzbekistonga qilgan tashrifini kompaniya rasmiy saytida quyidagicha izohlaydi:

— Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi rahbariyati hamda oʻzbek xalqi bilan boʻlgan uchrashuv juda yoqimli kechdi. Men marosim uchun milliy libos, choponni kiyganimdan zavqlandim. Oʻzbek oshxonasi timsoli — mazali palovdan bahramand boʻldim.

Qayd etish joizki, “Wine Explorersnning” kompaniyasi vino ishlab chiqaruvchi mamlakatlarni roʻyxatga oluvchi yagona ommaviy axborot kompaniyasi hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?