JCH-2018. Yarim finalning dastlabki juftligi aniq bo‘ldi

09:49 07 Iyul 2018 Sport
431 0
Fotо: Getty Images

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki yarim finalchi nomi aniq bo‘ldi.

Dastlabki chorak final uchrashuvida Urugvay va Fransiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Rafael Varanning birinchi, Grizmanning ikkinchi bo‘limda kiritgan gollari fransuzlarga muhim g‘alabani tortiq qildi.

Fotо: Getty Images

Ikkinchi chorak final uchrashuvida esa Braziliya va Belgiya terma jamoalari to‘qnash keldi. O‘yin oldidan janubiy amerikaliklar favorit sifatida qaralgan bo‘lsada, o‘yin boshqacha tus oldi. Avvaliga Fernandino o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, belgiyaliklarga yordam berib yuborgan bo‘lsa, 31-daqiqada Kevin de Bryuyne ajoyib zarba bilan farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda brazillar o‘zlariga kelib olishdi va bir qator o‘ta xavfli vaziyatlarni yaratishdi. 76-daqiqada Renato Augusto farqni bittaga qisqartirdi. Ammo jamoa gol kiritishga boshqa imkon topa olmadi.

Shu tariqa Belgiya ikkinchi bo‘lib yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi Fransiya va Belgiya terma jamoalari final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi. Uchrashuv 10 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

JCH-2018
1/4 final

Urugvay – Fransiya 0:2 (0:1)
Gollar:
 Varan (40), Grizmann (61).
Urugvay: Muslera, Kaseres, Ximenes, Godin, Laksalt, Torreyra, Nandes (Urretaviskayya, 73), Vesino, Bentankur (Rodriges, 59), Suares, Stuani (Maksi Gomes, 59).
Fransiya: Loris, Pavar, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Pogba, Kante, Mbappe (Dembele, 88), Grizmann (Fekir, 90), Tolisso (Nzonzi, 80), Jiru.
Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (33), Bentankur (38), Rodriges (69), Mbappe (69).

Braziliya – Belgiya 1:2 (0:2)
Gollar:
 Renato Augusto (76) – Fernandino (13, avtogol), de Bryuyne (31).
Braziliya: Alisson, Fagner, Tiago Silva, Miranda, Marselo, Paulino (Renato Augusto, 73), Fernandino, Koutino, Villian (Firmino, 46), Gabriel Jezus (Duglas Kosta, 58), Neymar.
Belgiya: Kurtua, Menye, Alderveyreld, Kompani, Vertongen, Fellayni, Vitsel, Shadli (Vermalen, 83), Lukaku (Tilemans, 87), de Bryuyne, Azar.

Ogohlantirishlar: Alderveyreld (47), Menye (71), Fernandino (85), Fagner (90).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?