WBA reytingida oʻzbekistonlik bokschilar oʻz oʻrnini saqlab qoldi

15:53 04 Fevral 2019 Sport
433 0

Xalqaro boks assotsiatsiyasi WBA yanvar oyi yakunlari boʻyicha yangi reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, oʻzbekistonlik bokschilar oʻz mavqelarini saqlab qolishdi, deya xabar bermoqda gosport.uz.

Yangilangan reytingda birinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev 1-oʻrinni saqlab qoldi va jahon chempionlik kamari uchun birlamchi daʼvogar nomini saqlab qoldi.

Oldinroq, Brendon Figeroa eliminator jangida Moyzes Floresni yengib kamarga majburiy daʼvogarlikni qoʻlga kiritgani, bu natija Murodjon Ahmadaliyevning yetakchilikni boy berishi mumkinligi haqida xabar bergandik. Ammo assotsiatsiya hisob-kitoblariga koʻra, Ahmadaliyev oʻtgan oyda jang oʻtkazmagan boʻlsada, oʻz oʻrnini saqlab qoldi.

Shuningdek, super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida vakillari Shohjahon Ergashev (15-0, 14 KO) 5-oʻrinni, Shahram Gʻiyosov (6-0, 5KO) 15-oʻrinni saqlab qoldi. Super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida bitta jang oʻtkazgan Isroil Madrimov (1-0, 1KO) esa reytingda 9-oʻrinda qolgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?