Vodiyda yangi gaz koni topildi

13:32 08 Aprel 2019 Iqtisodiyot
628 0

Andijon viloyatidagi Uchtepa konida yangi gaz qudugʻi ishga tushirildi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, tabiiy gazni razvedka qilish uchun moʻljallangan 7-sonli quduqdan sanoat hajmida gaz otilib chiqa boshladi. Bir kecha-kunduzda chiqayotgan gazning oʻrtacha hajmi 300 – 350 ming metrga kubga teng.

Mazkur quduqning chuqurligi 1350 metrni tashkil etadi. Yangi konda oʻn kun davomida gaz kondensati boʻyicha izlanishlar olib boriladi, gaz manbasi bosimi, harorati va tarkibi oʻrganiladi.

Xabarda mazkur yangi quduq Fargʻona vodiysi aholisini gaz bilan taʼminlash imkonini kengaytirishi qayd etib oʻtilgan.

Maʼlumot uchun, davlat rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, 2017 yilda Uchtepa konida geologorazvedka ishlari boshlangan edi. Mazkur jarayonlarni 2021 yilgacha davom ettirish koʻzda tutilgan.

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida joylashgan ushbu kondagi 1, 3, 4, 5 - sonli quduqlardan sanoat hajmida 386 ming metr kub hajmida gaz topilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?