Vodiyda 2 kunda salkam 4 kg giyohvandlik moddasi topildi

14:35 24 May 2018 Jamiyat
416 0
Foto: Twitter

Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ichki ishlar xodimlarining “Qoradori-2018” tadbiri davomida salkam 4 kg miqdorida giyohvandlik moddalari yetishtirayotgan fuqarolar qo‘lga olingan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

21 may kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani, Zamondosh ko‘chasida yashovchi M.P.ning uyi tomorqasida “ko‘knor” giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlanib, hovlisida berkitilgan 1 kg. 296 gr. “ko‘knor” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

22 may kuni esa Quvasoy shahri, Sarbozor ko‘chasida R.G. ismli ayolni qo‘lidagi selofan paketda 1 kg. 23 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi olib ketayotganda ushlandi va giyohvand moddasi daliliy ashyo sifatida olindi.

Shuningdek, 22 may kuni Andijon shahri “Mirpo‘stin” MFYda yashovchi B.S.ning uyi tomorqasida “ko‘knor” giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlanib, tandirxonasidan 1 kg. 371 gr. “ko‘knor” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?