Vodiy derbisidan qaytayotgan namanganlik muxlislar avtohalokatga uchradi

09:59 11 Mart 2019 Jamiyat
428 0

Illyustrativ foto

10 mart kuni Superliga 1-turi doirasida “Navbahor” va “Qoʻqon-1912” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv Toshkentda oʻtkazildi. 1:1 hisobida yakunlangan ushbu oʻyindan soʻng butun futbol muxlislarini qaygʻuga solgan voqea sodir boʻldi.

“Navbahor”ning 5 nafar muxlisi boʻlgan “Nekciya” avtomashinasi Toʻraqoʻrgʻonda qarshi yoʻnalishda kelayotgan “Damas” avtomashinasi bilan toʻqnashib ketgan. Tribuna.uz ga yetib kelgan maʼlumotlarga koʻra, “Nekciya”dagi 2 muxlis voqea joyida vafot etgan, yana uch nafar yoʻlovchi kasalxonaga joylashtirilgan.

Ayni vaqtda jabrlanganlarning ahvoli haqida maʼlumot yoʻq.

Qayd etish kerakki, “Navbahor” — “Qoʻqon-1912” oʻyini Namangandagi stadion mavsumga tayyor boʻlmagani sababli Toshkentda oʻtkazilgandi. Avvalroq bu oʻyinni Fargʻonadagi “Istiqlol” stadionida oʻtkazish taklifi ham paydo boʻlgan, lekin yakunda oʻyin Toshkentda oʻtkazilishiga kelishilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?