Vobkentda 32 mlrd soʻm evaziga qurilgan bozor foydalanishga topshirildi

11:57 20 May 2019 Jamiyat
385 0

“Vobkent markaziy dehqon bozori” 32 milliard soʻm mablagʻ evaziga qaytadan qurilib foydalanishga topshirildi. Eʼtiborlisi, keng koʻlamli qurilish – taʼmirlash yumushlarini ikki oyda bajarildi.

Mazkur bozor davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga koʻra, 2017—2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturi asosida barpo etildi.

Bozordan kirish portali, ikkita supermarket, 108 ta nooziq-ovqat, 24 ta oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilish doʻkonlari, shuningdek, tovuq, baliq, goʻsht, sut va non mahsulotlari, quruq mevalar bilan savdo qilishga moʻljallangan toʻrtta pavilyon, 1050 oʻrinli katta va kichik mavsumiy ayvonlar, jami 600 oʻringa ega uchta avtoturargoh, 100 oʻrinli avtomobillar bilan savdo qilish maydoni, maʼmuriyat va megamarket binosi oʻrin olgan.

Zamonaviy dehqon bozorining ochilish marosimida viloyat hokimi Oʻ. Barnoyev ishtirok etdi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?