Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi

14:52 20 May 2019 Dunyo
550 0

Vladimir Zelenskiy rasman Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi. Mamlakatning yangi saylangan prezidenti Oliy radadagi tantanali marosimda qoʻlini konstitutsiyaga qoʻyib, Ukrain xalqiga qasamyod qildi.

Konstitutsion sud rahbari Nataliya Shaptala Ukrainaning yangi saylangan prezidenti konstitutsiyaning 104-moddasiga koʻra lavozimga kirishishi mumkinligini maʼlum qildi. U Zelenskiyga Ukraina prezidenti hokimiyatining rasmiy ramzlari: gurzi, gerbli muhr va zanjirli orden koʻrinishidagi belgini topshirdi.

Parlament zalida barcha deputatlar, 50dan ortiq xorijiy delegatsiyalar vakillari, jumladan xalqaro tashkilotlar, Ukrainaning sobiq prezidentlari Leonid Kravchuk, Leonid Kuchma, Viktor Yushchenko, Petro Poroshenko, Ukraina hukumati aʼzolari, cherkovlar va diniy tashkilotlar vakillari, sud tizimi vakillari hamda boshqa taklif etilgan mehmonlar ishtirok etgan.

Eslatib oʻtamiz, 21 aprel kuni oʻtkazilgan Ukraina prezidentligi uchun saylovlarning ikkinchi turida Vladimir Zelenskiy 73,22 foiz ovoz olib, prezidentlikka saylangandi. Endilikda sobiq prezident Petro Poroshenkoga esa saylovchilarning 24,45 foizi ovoz bergandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?