Vladimir Putin Oʻzbekistonning yangi elchisidan ishonch yorligʻini qabul qilib oldi

17:07 11 Oktyabr 2018 Siyosat
243 0

11 oktyabr kuni Kreml saroyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi tayinlangan elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd qilinishicha, marosimda Norvegiya, Ispaniya, Daniya, Tailand kabi jami 23 davlatning yangi elchilari qabul qilingan. Ularning ichida Oʻzbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida yangi tayinlangan Botirjon Asadov ham bor.

Eslatib oʻtamiz, Botirjon Asadov 2018 yilning fevralidan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. U turli yillarda Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi, Oʻzbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi maslahatchisi hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari sifatida ishlagan.

Oʻzbekistonning Rossiyadagi avvalgi elchisi Bahrom Ashrafxonov sentyabr oyida Alisher Sultonov oʻrniga “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?