Vladimir Putin futbol bo‘yicha jahon chempionati favoritlarini aytdi

14:44 06 Iyun 2018 Sport
1058 0
Foto: Ridus

Rossiya prezidenti Vladimir Putin futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati favoritlarini ma’lum qildi. Bu haqda u Xitoy Mediakorporatsiyasi saytiga bergan intervyusida gapirib o‘tgan.

«U yerda [jahon chempionatida] g‘olib chiqish uchun ko‘plab da’vogarlar bor. Bu Lotin Amerikasi jamoalari — Argentina va Braziliya. Shuningdek, Germaniya terma jamoasi avvalgi jahon chempionatlarida ham ajoyib o‘yin ko‘rsatganini yaxshi bilamiz. Ispaniya terma jamoasi ham juda sifatli va juda chiroyli futbolni ko‘rsata oladi.

Balki boshqa da’vogarlar ham bo‘lishi mumkin, biroq eng kuchli terma jamoa g‘alaba qozonadi», - degan Putin.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati Rossiyaning 11 shahridagi 12ta stadionda, 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?