“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunga qanday oʻzgartishlar kiritilmoqda?

12:59 15 Sentyabr 2020 Siyosat
278 0

Qonunchilik palatasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Qonun loyihasida xususan quyidagilar belgilanmoqda:

— har bir shaxsning diniy taʼlim muassasalarida professional taʼlim olish, shuningdek, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan oʻz farzandlariga diniy amaliyot asoslari va odob-axloq qoidalarini (uy sharoitida taʼlim berish) oʻrgatish huquqini berish;

— diniy tashkilotlar mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) boʻyicha sudga murojaatlar qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod etish;

— diniy tashkilot roʻyxatdan oʻtish jarayonida mahalla ishtirokini bekor qilish;

— mahalliy diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talab qilinadigan shaxslar sonini 100 tadan 50 tagacha qisqartirish;

— fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yoʻl qoʻymaslik talabini bekor qilish.

Qonun loyihasi uchta oʻqishda koʻrib chiqilib, deputatlar tomonidan maʼqullangan taqdirda Senatga yuboriladi.

Oʻzgarishlar ijobiy.

Rasul Kusherbayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?