Visa, MasterCardʼlarning muqobili boʻlgan xalqaro toʻlov tizimi Oʻzbekistonda faoliyatini boshlaydi

19:17 25 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
1741 0

JCB International Co., Ltd va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Oʻzbekistonda JCB toʻlov tizimini “Oʻzsanoatqurilishbank” tarmoqlari orqali qabul qilinishi boʻyicha litsenziya shartnomasi imzoladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, “Oʻzsanoatqurilishbank” Oʻzbekiston Respublikasida JCB xalqaro toʻlov tizimining kartalarini qabul qiladigan birinchi bank boʻladi. JCB kartasi egalari “Oʻzsanoatqurilishbank” boʻlimlaridan pul olishlari va Oʻzbekistondagi savdo va xizmat koʻrsatish korxonalari tarmogʻida xaridlarni amalga oshirishlari mumkin boʻladi.

“Oʻzsanoatqurilishbank” Oʻzbekistonga tashrif buyuradigan, JCB kartochkalarini egalariga yordam berishga, mamlakatda qulay shart-sharoitlar yaratishiga yordam beradi. Oʻzbekiston YUNESKOning Jahon merosi obyektlari: Samarqand, Buxoro, Xiva, Qarshi bilan bogʻlangan. Ushbu yoʻnalishlar qadimiy tarixni anglatadi va butun dunyodagi sayyohlar uchun qiziqarli”, - deydi JCB International Eurasia bosh direktori Takashi Suesugu.

“Janubiy Koreya, Indoneziya, Malayziya, Yaponiya va Singapur davlatlarida JCB kartalari keng tarqalgan. Oʻzbekiston bu kabi davlatlar uchun vizasiz rejimni joriy qilgan. Bu esa sayyohlar oqimining koʻpayishiga va ular aynan shunday kartalar orqali bemalol toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida JCB kartalarining joriy qilinishi nafaqat Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlar uchun, balki 2014 yildan buyon bu kartalar faol joriy qilinayotgan Rossiya uchun ham katta yangilik boʻladi”, degan Suesugu.

Maʼlumot uchun, JCB toʻlov tizimiga 1961 yilda Yaponiyada asos solingan boʻlib, u yetakchi xalqaro toʻlov tizimlaridan biri hisoblanadi. 1981 yilda JCB xalqaro bozorga kirgan Osiyodagi birinchi toʻlov tizimiga boʻlgan. JCB dunyo boʻylab kartochkalarni qabul qilish tarmogʻini faol ravishda rivojlantirish, bozor yetakchilari bilan hamkorlik qilish va savdo va xizmat koʻrsatish korxonalari bilan sheriklik aloqalarini yoʻlga qoʻyishda davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?