Gʻuzorda "virus uchun tayyor oʻchoq" boʻlgan bozor karantinga yopildi

14:45 02 Iyun 2020 Jamiyat
396 0

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev “Bir hududda bir kun” loyihasi doirasida Gʻuzorga tashrifi davomida tumandagi “Karvon” bozorining karantin qoidalariga amal qilmay ishlayotganligiga guvoh boʻldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

— Bu bozor virus uchun tayyor oʻchoq-ku, — dedi viloyat rahbari. — Bozorning 9 ta kirish joyi bor, qani sanitariya, profilaktik tadbirlar yoʻq. Bozor tezkor dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun karantinga yopiladi. Ushbu masalada Prezident Shavkat Mirziyoyev ham alohida toʻxtalib, «Temir intizom va yuksak masʼuliyat bilan kechayu kunduz ish davom etishi kerak», deya taʼkidlagan edilar.

Eslatib oʻtamiz, “Karvon” bozori viloyatda karantinga yopilgan yettinchi bozor boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?