Violen de VILMOR: “Oʻzbekistonda misli koʻrilmagan diplomatik va iqtisodiy ochiqlik jarayoni boshlandi”

15:16 30 Avgust 2018 Siyosat
258 0

Violen de VILMOR, Fransiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi:

— Oʻzbekiston Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan xal­qingizga oʻz tabriklarimni yoʻllayman va baxt-saodat hamda farovonlik ­tilayman. Qolaversa, hozirgi davrda respublika chiqib olgan yuksalish va taraqqiyot yoʻlini olqishlayman.

Fransiyaning Yevropa boʻyicha va tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian qayd etganidek, MDHning barcha davlatlari ichida Oʻzbekiston nihoyatda taraqqiyparvar va chuqur islohotlarni amalga oshirmoqda. Misli koʻrilmagan diplomatik va iqtisodiy ochiqlik jarayoni boshlandi. Fransiya toʻliq qoʻllab-quvvatlaydigan yaxshi qoʻshnichilik siyosati sharofati bilan Toshkent Markaziy Osiyoning barcha mamlakatiga foyda keltiradigan hamkorlikning yangicha dinamikasini yaratishning uddasidan chiqdi, xalqaro maydonda uning ovozi balandroq eshitilmoqda va natijada mintaqa xalqaro hamjamiyatda oʻzini yanada mustaqil namoyon eta oladi.

Hozirgi davr ikki tomonlama aloqalarimiz tarixida yangi sahifani ochish uchun eng munosib palladir. Zero, Emmanuel Makron saʼy-harakatlari bilan Fransiyada innovatsiyalar, yangi texnologiyalar sohasida oʻzgarishlar va modernizatsiya jarayonlari, Parijning moliyaviy, akademik va ilmiy markaz ­sifatidagi jozibadorligini taʼminlash boʻyicha dasturlarni amalga oshirishga kirishildi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil Fransiyaga amalga oshiradigan tashrifida aynan shu jihatlarga urgʻu beramiz. Shaxsan oʻzim buni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?