Viloyatlararo avtobuslar harakatiga ruxsat beriladi, biroq...

08:08 30 May 2020 Jamiyat
3384 0

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi axboroti eʼlon qilindi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, “yashil” hududlarda joylashgan sanatoriy, pansionat, bolalar oromgohlari va boshqa dam olish maskanlariga fuqarolarni markazlashtirilgan tartibda tashish uchun viloyatlararo avtobuslar, shu jumladan turistik tashkilotlar avtobuslari qatnovini yoʻlga qoʻyishga ruxsat berildi.

Bunda:

* avtobuslarda haydovchi va yoʻlovchilar tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqopda boʻlishi lozimligi, shuningdek, ularning tana harorati pirometrlarda oʻlchanib, 37 daraja va undan yuqori boʻlgan holatda ularning avtobus saloniga chiqarilmasligi;

* avtobuslar viloyatlararo qatnovlarda “qizil” hududlarda toʻxtamagan holda harakatlanadi;

* avtobuslar doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin toʻliq dezinfeksiyadan oʻtkaziladi;

* avtobuslarda harakatlanayotgan yoʻlovchilarning reyslar kesimidagi roʻyxati (bazasi) yuritiladi.

Shuningdek, shaxsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanishiga yoʻl qoʻyilmasligi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno) talabi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?