Viloyat hokimi maktablardagi ahvolni tanqid qildi

13:46 04 May 2019 Jamiyat
260 0

Cenatda Toshkent viloyati hokimi Gʻ.Ibragimovning viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan barcha tadbirlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

2017-2018 yillar davomida viloyat iqtisodiyotining asosini tashkil etuvchi sanoat, qishloq xoʻjalik va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish borasida olib borilgan ishlar natijasida umumiy qiymati 7 trln.soʻmdan ziyod jami 2418 ta loyiha amalga oshirildi va 25,1 ming yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

Ayniqsa, Chirchiq shahrida loyiha qiymati 200,0 mlrd.soʻmga teng boʻlgan “Kompakt tekstil YARN” korxonasi, Yuqorichirchiq tumanida umumiy qiymati 119,0 milliard soʻmlik “EMG” kompaniyasi va Zangiota tumanida qiymati 92 milliard soʻmlik “Xigvey logistik sentr” kabi yirik loyihalarning ishga tushirilishi viloyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishiga ijobiy taʼsirini koʻrsatdi.

Bundan tashqari hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish evaziga 246 ta loyihalar boʻyicha 2 trln 103 mlrd.soʻmlik, shu jumladan 73,8 mln.dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilib 4500 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

Viloyat hokimi hududda qilingan ishlar bilan bir qatorda Hukumat va vazirlik idoralar bilan hamkorlikda hal etilishi lozim boʻlgan bir qator masalalar borligini aytib oʻtdi.

Xususan, ijtimoiy sohada yillar davomida yigʻilib qolgan muammolarni bosqichma-bosqich rejali asosda hal etish –mahalliy hokimliklar bilan birgalikda masʼul vazirlik idoralar oldida turgan eng muhim vaziflardan biridir.

Umumtaʼlim maktablarining ahvoliga nazar tashalaydigan boʻlsak, maktablarning 53 tasi 1936-1960 yillar oraligʻida qurilgan boʻlib, ularning bugungi holati taʼmirlash ishlariga ham yaroqsiz holatga kelib qolgan. Ayniqsa, Oqqoʻrgʻon tumanida 1936 yilda qurilgan 3-sonli maktab, Quyichirchiq tumanida 1937 yilda qurilgan 23-sonli maktab, Bekobod tumanida 1958 yilda qurilgan 30-sonli maktablarning ahvoli talabga javob bermaydi, dedi viloyat hokimi.

Bundan tashqari 211 ta maktablarda sport zallari yoʻq boʻlsa,412 tasida issiqlik taʼminoti bilan taʼminlanmagan.

Umuman soʻnggi 2 yil davomida viloyatda Investitsiya dasturiga asosan 62 ta umumtaʼlim maktablari taʼmirdan chiqarilgan boʻlsada, yana 187 ta maktablarimiz taʼmirga muhtoj holatdadir (2019 yilda 47 ta maktablar taʼmirlanadi va 2 ta yangi maktab quriladi).

Hozirda ortiqcha oʻquvchi yuklamasi bilan faoliyat yuritayotgan 119 ta maktablarga qoʻshimcha oʻquv korpuslarini qurib berish zarur.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?