Viloyat bojxona boshqarmasiga ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

10:56 28 Avgust 2018 Jamiyat
241 0
Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura axborot xizmati .

Maʼlum qilinishicha, fuqarolar A. va B. fuqarolar Sh. va M.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga ulardan firibgarlik yoʻli bilan 4800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan A. va B.larga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?