VII Yevropa kinosi festivali boshlandi

15:46 12 Oktyabr 2019 Madaniyat
234 0

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Poytaxtimizdagi “Zarafshon” restoranida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi hamda Oʻzbekiston Elektron Ommaviy Axborot vositalari Milliy Assotsiatsiyasi bilan hamkorligida VII Yevropa kinosi festivali ochilish marosimi oʻtkazildi.

Maʼlumotlarga koʻra, bu galgi festival dasturida Toshkent, Nukus, Urganch va Jizzax shaharlaridagi katta ekranlarda Yevropaning yetakchi rejissyorlari tomonidan yaratilgan filmlar namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Festival doirasida Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya kabi 12 ta Yevropa mamlakatining taniqli rejissyorlari tomonidan yaratilgan oʻnta film taqdim etiladi. Ular komediya janrida suratga olingan drama “Belgiyaliklar Qiroli”, “Qishdagi Luiza” antmatsion film, “Yevropa bilan xayrlashuv” hujjatli filmi, “Homo sapiyens”, “Jannat 89” badiiy filmlari kabilardir.

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

- Bu safargi festival masshtabi kengligi, kinojanrlar rang-barangligi, qolaversa, barcha yoshdagi tomoshabinlar auditoriyasiga mosligi bilan alohida ahamiyatli. - deydi “Oʻzbekkino” milliy agentligi direktori birinchi oʻrinbosari Shuhrat Rizayev. - Bu kabi xalqaro tadbirlar kinoijodkorlarimizga yangi ilhom va shijoat bagʻishlaydi, desak yanglishmaymiz.

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.
Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, barcha filmlar rus va oʻzbek tilidagi subtitrlar bilan asliyat tilida namoyish etiladi. Kinoseanslarga kirish bepul.

Yulduz Oʻrmonova,
“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?