“Via Marokand” guruhining litsenziyasi “Turist” sabab to‘xtatib qo‘yildi

18:19 29 May 2018 Madaniyat
1296 0

“Via Marokand” guruhining “Turist” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipida juz’iy kamchiliklar bo‘lganligi bois klipni ommaga taqdim etish rad etilgan edi. 

Biroq, guruh a’zolarini bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, ushbu klip ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etilganligi sababli litsenziyasi “O‘zbekkonsert” tomonidan to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy Kengash a’zolari tomonidan “VIA Maroqand” guruhining “Turist” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipida juz’iy kamchiliklar bo‘lganligi bois klipni ommaga taqdim etish rad etilgan edi. Biroq, guruh a’zolarini bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, ushbu klip ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etilganligi sababli, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan “VIA Maroqand” guruhi a’zolari Zakirova Asalxon Baxtiyorjon qizi va Tashmatov Abdurashid Xusanovichlarga berilgan litsenziyalar joriy yilning 29 may kunidan to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019