Versal to‘yxonasi Ezidyor egasiga beriladi, Mumtoz rahbariga esa — “Sayohat”

14:41 14 Iyun 2018 Jamiyat
641 0

Tashkent city qurilishi rejalashtirilgan hududda joylashgan Ezidyor va Shayxontohur ko‘chasidagi Mumtoz tantanalar zali buzilishi haqida avval xabar berilgandi. Ammo, Shayxontohur hokimi Bahodir G‘oibnazarov tadbirkorlarga buzilgan mulki evaziga qerdan joy berilishini aniqlashtirmagan edi. Bugungi kunga kelib, tadbirkorlar mulklari evaziga qayerdan joy olishlari ma’lum bo‘ldi.

Toshkent shahar hokimiyati vakilining O‘zA‘ga ma’lum qilishicha, “Ezidyor” to‘yxonasi egasiga “Versal” to‘yxonasi beriladi.

Shuningdek, “Mumtoz” to‘yxonasi rahbariyatiga mulklarining buzilishi tufayli Toshkent shahar hokimiyati balansida bo‘lgan “Sayohat” restorani beriladi.

“Maqsadimiz, mulklari buzilish hududlarida bo‘lgan tadbirkorlarni rozi qilish, ularga ma’qul bo‘lgan yerdan joy berishdir”, — deydi Toshkent shahar hokimligi vakili.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?