Venesuela AQSH bilan maxfiy muzokaralar olib borgan

09:10 25 Avgust 2019 Dunyo
184 0

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ikki oʻrtadagi keskinlikka qaramay, oylardan buyon Tramp maʼmuriyati bilan muzokaralar oʻtkazib kelayotganini maʼlum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

AQSH Maduro hokimiyatini tan olmaydigan 50 dan ziyod davlat sirasiga kiradi.

Biroq AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton faqatgina Maduroning hokimiyatdan ketishi masalasi muhokama qilinganini taʼkidlagan.

Prezident Tramp ham oʻzining maʼmuriyati haqiqatan “venesuelalik yuqori lavozimli shaxslar” bilan soʻzlashuvlar olib borganini tasdiqlagan.

Ayni vaqtda, Venesuelada qoʻshhokimiyatchilik yuzaga kelgan boʻlib, 50 dan oshiq mamlakat muxolifat yetakchisi Huan Guaydoni yagona rahbaro oʻlaroq tan olgan.

BMT bir necha yildan beri davom etayotgan siyosiy-iqtisodiy inqiroz oqibatida 30 million venesuelaliklarning chorak qismi yordamga muhtoj boʻlib qolganini aytadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?