Velosport. Olga Zabelinskaya Osiyo chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi

18:02 09 Yanvar 2019 Sport
368 0

Foto: MOQ

Xabar berib oʻtganimizdek, Indoneziyaning Jakarta shahrida velotrek boʻyicha Osiyo chempionati start oldi. Ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etmoqdalar.

Quvonarlisi, musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olga Zabelinskaya guruh poygalarida 70 ochko toʻpladi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar mos ravishda Xuan Ting Ing (Tayvan, 22 ochko) va Jan Ying (Xitoy, 15 ochko)ga nasib qildi.

Maʼlumot uchun, ushbu muvaffaqiyat Zabelinskayaga oltin medaldan tashqari Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun lozim boʻlgan qimmatli reyting ochkolarini ham taqdim etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?