Velosport bo‘yicha jahon chempioni endi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

11:31 08 Avgust 2018 Sport
484 0

Velosport bo‘yicha jahon chempioni, uchta olimpiada o‘yinlari sovrindori, shu paytgacha Rossiya bayrog‘i ostida musobaqalarda ishtirok etib kelgan velosportchi Olga Zabelinskaya O‘zbekiston fuqaroligini oldi.

Zabelinskaya O‘zbekiston taklifiga ko‘ra Xalqaro velosipedchilar uyushmasi (UCI) ga fuqaroligini o‘zgartirish bo‘yicha ariza bilan chiqqan va ijobiy javob olib, 5 iyul kuni O‘zbekiston pasportiga ega bo‘lgan. O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan Olga O‘zbekiston olimpiya qo‘mitasi tomonidan shu yilning 16 avgustidan 2 sentyabrigacha Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan XVIII Osiyo o‘yinlariga yo‘l oladigan velosportchilar qatoriga kiritilgan. Olga bilan birgalikda musobaqada Andrey Izmailov va Murod Holmurodovlar qatnashishadi. Jamoa rahbari etib Kozim O‘rinboyxo‘jayev, murabbiy sifatida esa Rustam Nuritdinov va Aleksey Smirnovlar ko‘rsatilgan.

2012 yil Londondagi Olimpiadada jamoaviy va individual bahslarda bronza medallarini, 2016 yilgi Rio-de-Janeyroda kumush medalni qo‘lga kiritgan 38 yoshli Olga Zabelinskaya 2020 yildagi Olimpiadada ham qatnashishni rejalashtirgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?