Vebster universiteti delegatsiyasi nega Oʻzbekistonga keldi?

11:48 21 Fevral 2019 Jamiyat
321 0

Illyustrativ foto

Shu kunlarda yurtimizda Vebster universiteti prorektori J.Shuster boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari mehmon boʻlib turibdi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi. AQSH delegatsiyasi tashrif doirasida bugun Toshkent davlat iqtisodiyot va Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurishdi.

Vebster universiteti vakillari TDIUda hamkorlikda ochilayotgan filialiga arizalarni qabul qilish jarayoni, oʻquv jarayoni uchun ajratilgan xonalar, ularning MBA magistratura dasturini ishga tushirish talablari asosida jihozlanishi holati bilan tanishdilar.

Shundan soʻng tomonlar Markaziy Osiyoda ilk marotaba tashkil etilayotgan MBA (Project Managament) magistratura dasturini universitetda tashkil etish, qabul jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Vebster universiteti vitse-prezidenti Djon Payl, universiteti prorektori Dj.Shuster, TATU rahbariyati hamda hamkorlikda tashkil etilayotgan “Biznes boshqaruvi (MBA)” magistratura dasturiga oʻqishga hujjat topshirgan talabalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Vebster universiteti vakillari talabalar bilan “Loyihalarni boshqarish” mutaxassisligida malakali kadrlar tayyorlash, oʻquv jarayonining olib borilishi haqida suhbatlashishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?