Vaziyat murakkablashmoqda: Xitoyda koronavirus yoniga yana bir koronavirus qoʻshildi

10:25 03 Fevral 2020 Dunyo
10115 0

Illyustrativ surat

2019-yil oxirida Xitoyda aniqlangan koronavirus bilan bogʻliq vaziyat murakkablashmoqda. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlari koʻra, virusni 11953 kishi yuqtirib olgan. Ulardan 11 821 nafari Xitoyning oʻzida, yana 20 davlatda mazkur kasallik bilan 132 ta holat qayd etilgan. 

Xitoyning Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi esa mamlakatda ushbu kasallikni yuqtirganlar soni 14,380 nafarga yetganini maʼlum qilmoqda. Bundan tashqari, mamlakat tashqarisida yana 182 ta holat qayd etilgan.

Kasallik tufayli hayotdan koʻz yumganlar soni 305 kishiga yetgan. Birinchi marta Xitoydan tashqari mazkur kasallik bilan bogʻliq oʻlim holati qayd etildi. Filippinda kasallik oʻchogʻi hisoblangan Xitoyning Uxan shahridan qaytib kelgan bir kishi vafot etgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishini xalqaro favqulodda holat, deb tan oldi. Bir qator davlatlar va ayrim aviakompaniyalar Xitoyga havo qatnovini chekladi.

Xitoy hukumati koronavirusga qarshi kurashish uchun import qilinadigan tovarlarni bojlardan ozod qilishga qaror qildi. Bunday tartib himoya tibbiy niqoblar, dezinfeksiyalash vositalari, tez yordam mashinalari kabilarga amal qilishishi aytilmoqda.

Koronavirus tarqalgan Xitoyning Xubey provinsiyasi janubi bilan chegaradosh Xunan provinsiyasida esa yangi koronavirus — parranda grippi tarqalmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?